وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ يَقْطَعُ التَّلْبِيَةَ فِي الْحَجِّ إِذَا انْتَهَى إِلَى الْحَرَمِ حَتَّى يَطُوفَ بِالْبَيْتِ وَبَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ ثُمَّ يُلَبِّي حَتَّى يَغْدُوَ مِنْ مِنًى إِلَى عَرَفَةَ فَإِذَا غَدَا تَرَكَ التَّلْبِيَةَ وَكَانَ يَتْرُكُ التَّلْبِيَةَ فِي الْعُمْرَةِ إِذَا دَخَلَ الْحَرَمَ .
Nofeʼdan rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) hajda Haramga yetib borganida — Baytni tavof qilib, Safo bilan Marva orasida (saʼy qilib) boʻlguncha — talbiyani toʻxtatar, soʻng yana talbiya aytar, Minodan Arafaga chiqqunicha (davom ettirar), chiqqach talbiyani tark etar edi. Umrada esa Haramga kirganida talbiyani tark etar edi.