وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ أَبِي عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، أَنَّهَا كَانَتْ تَنْزِلُ مِنْ عَرَفَةَ بِنَمِرَةَ ثُمَّ تَحَوَّلَتْ إِلَى الأَرَاكِ . قَالَتْ وَكَانَتْ عَائِشَةُ تُهِلُّ مَا كَانَتْ فِي مَنْزِلِهَا وَمَنْ كَانَ مَعَهَا فَإِذَا رَكِبَتْ فَتَوَجَّهَتْ إِلَى الْمَوْقِفِ تَرَكَتِ الإِهْلاَلَ . قَالَتْ وَكَانَتْ عَائِشَةُ تَعْتَمِرُ بَعْدَ الْحَجِّ مِنْ مَكَّةَ فِي ذِي الْحِجَّةِ ثُمَّ تَرَكَتْ ذَلِكَ فَكَانَتْ تَخْرُجُ قَبْلَ هِلاَلِ الْمُحَرَّمِ حَتَّى تَأْتِيَ الْجُحْفَةَ فَتُقِيمَ بِهَا حَتَّى تَرَى الْهِلاَلَ فَإِذَا رَأَتِ الْهِلاَلَ أَهَلَّتْ بِعُمْرَةٍ .
Alqama ibn Abu Alqama onasidan, u Oisha — moʻminlarning onasi (roziyallohu anho)dan rivoyat qilishicha, u Arafada Namira (degan joy)da tushar, soʻng al-Arokga koʻchdi. (Onasi) aytdi: «Oisha oʻz manzilida boʻlgan chogʻida oʻzi ham, u bilan birga boʻlganlar ham talbiya aytar; ulovga minib, mavqif tomon yuzlanganida esa ihlolni (talbiyani) tark etar edi». (Yana) aytdi: «Oisha hajdan soʻng Makkadan Zul-hijjada umra qilar edi, soʻng buni tark etdi va Muharram hilolidan avval chiqib, Juhfaga borar, hilolni koʻrgunicha oʻsha yerda turar, hilolni koʻrgach umraga ihrom bogʻlar edi».