حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ يَقُولُ الْمَرْأَةُ الْحَائِضُ الَّتِي تُهِلُّ بِالْحَجِّ أَوِ الْعُمْرَةِ إِنَّهَا تُهِلُّ بِحَجِّهَا أَوْ عُمْرَتِهَا إِذَا أَرَادَتْ وَلَكِنْ لاَ تَطُوفُ بِالْبَيْتِ وَلاَ بَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ وَهِيَ تَشْهَدُ الْمَنَاسِكَ كُلَّهَا مَعَ النَّاسِ غَيْرَ أَنَّهَا لاَ تَطُوفُ بِالْبَيْتِ وَلاَ بَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ وَلاَ تَقْرَبُ الْمَسْجِدَ حَتَّى تَطْهُرَ .
Nofeʼdan rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) shunday der edi: «Hajga yoki umraga ihrom bogʻlagan hayzli ayol, agar xohlasa, haji yoki umrasiga ihrom bogʻlayveradi; lekin Baytni tavof qilmaydi, Safo bilan Marva orasida ham (saʼy qilmaydi). U barcha manosiklarda odamlar bilan birga qatnashadi, faqat Baytni tavof qilmaydi, Safo bilan Marva orasida (saʼy) qilmaydi va poklanmaguncha masjidga yaqinlashmaydi».