حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْحَارِثِ بْنِ نَوْفَلِ بْنِ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ، أَنَّهُ حَدَّثَهُ أَنَّهُ، سَمِعَ سَعْدَ بْنَ أَبِي وَقَّاصٍ، وَالضَّحَّاكَ بْنَ قَيْسٍ، عَامَ حَجَّ مُعَاوِيَةُ بْنُ أَبِي سُفْيَانَ - وَهُمَا يَذْكُرَانِ التَّمَتُّعَ بِالْعُمْرَةِ إِلَى الْحَجِّ - فَقَالَ الضَّحَّاكُ بْنُ قَيْسٍ لاَ يَفْعَلُ ذَلِكَ إِلاَّ مَنْ جَهِلَ أَمْرَ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ . فَقَالَ سَعْدٌ بِئْسَ مَا قُلْتَ يَا ابْنَ أَخِي . فَقَالَ الضَّحَّاكُ فَإِنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ قَدْ نَهَى عَنْ ذَلِكَ . فَقَالَ سَعْدٌ قَدْ صَنَعَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَصَنَعْنَاهَا مَعَهُ .
Ibn Shihobdan rivoyat qilinishicha, Muhammad ibn Abdulloh ibn al-Horis ibn Navfal ibn Abdulmuttalib unga xabar berib aytdiki, u Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yili Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) bilan Zahhok ibn Qays (roziyallohu anhu)ni — ular umradan hajga tamattuʼ qilish haqida gaplashayotganlarida — eshitdi. Zahhok ibn Qays: «Buni faqat Alloh azza va jallaning amrini bilmagan kishigina qiladi», dedi. Shunda Saʼd: «Sen naqadar yomon (soʻz) aytding, ey birodarim oʻgʻli!» dedi. Zahhok: «Axir Umar ibn al-Xattob bundan qaytargan-ku», dedi. Saʼd: «Rasululloh ﷺ buni qilganlar, biz ham u zot bilan birga qilganmiz», dedi.