وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ نُبَيْهِ بْنِ وَهْبٍ، أَخِي بَنِي عَبْدِ الدَّارِ أَنَّ عُمَرَ بْنَ عُبَيْدِ اللَّهِ، أَرْسَلَ إِلَى أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ - وَأَبَانُ يَوْمَئِذٍ أَمِيرُ الْحَاجِّ وَهُمَا مُحْرِمَانِ - إِنِّي قَدْ أَرَدْتُ أَنْ أُنْكِحَ طَلْحَةَ بْنَ عُمَرَ بِنْتَ شَيْبَةَ بْنِ جُبَيْرٍ وَأَرَدْتُ أَنْ تَحْضُرَ . فَأَنْكَرَ ذَلِكَ عَلَيْهِ أَبَانُ وَقَالَ سَمِعْتُ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ يَنْكِحِ الْمُحْرِمُ وَلاَ يُنْكِحْ وَلاَ يَخْطُبْ " .
Nofeʼ Nubayh ibn Vahbdan — u Abduddor oʻgʻillaridan edi — rivoyat qilishicha, Umar ibn Ubaydulloh Abon ibn Usmonga — Abon oʻsha kunlari haj amiri edi, ikkovi ham ihromda edilar — «Men Talha ibn Umarga Shayba ibn Jubayrning qizini nikohlab bermoqchiman va sizning hozir boʻlishingizni istayman», deb (odam) yubordi. Abon buni unga inkor qilib: «Men Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitganman: Rasululloh ﷺ: ‹Ihromdagi kishi (oʻzi) uylanmaydi, (boshqani) uylantirmaydi va sovchilik qilmaydi›, dedilar», dedi.