وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ أَبِي عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، أَنَّهَا قَالَتْ سَمِعْتُ عَائِشَةَ، زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم تُسْأَلُ عَنِ الْمُحْرِمِ أَيَحُكُّ جَسَدَهُ فَقَالَتْ نَعَمْ فَلْيَحْكُكْهُ وَلْيَشْدُدْ وَلَوْ رُبِطَتْ يَدَاىَ وَلَمْ أَجِدْ إِلاَّ رِجْلَىَّ لَحَكَكْتُ .
Alqama ibn Abu Alqamaning onasi aytdi: «Men Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan ehromdagi kishi badanini qashisa boʻladimi, deb soʻralganini eshitdim. U: ‹Ha, qashisin va qattiq qashisin. Agar ikki qoʻlim bogʻlab qoʻyilib, faqat oyoqlarimdan boshqa vosita topmaganimda ham, albatta qashigan boʻlardim›, dedi».