حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ كَانَ الْفَضْلُ بْنُ عَبَّاسٍ رَدِيفَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَجَاءَتْهُ امْرَأَةٌ مِنْ خَثْعَمَ تَسْتَفْتِيهِ فَجَعَلَ الْفَضْلُ يَنْظُرُ إِلَيْهَا وَتَنْظُرُ إِلَيْهِ فَجَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصْرِفُ وَجْهَ الْفَضْلِ إِلَى الشِّقِّ الآخَرِ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ فَرِيضَةَ اللَّهِ فِي الْحَجِّ أَدْرَكَتْ أَبِي شَيْخًا كَبِيرًا لاَ يَسْتَطِيعُ أَنْ يَثْبُتَ عَلَى الرَّاحِلَةِ أَفَأَحُجُّ عَنْهُ قَالَ " نَعَمْ " . وَذَلِكَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytdilar: Fazl ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Rasululloh ﷺ ning ortlaridan (ulovga) mingashib ketayotgan edi. Shunda Xasʼam qabilasidan boʻlgan bir ayol u zotdan (haj haqida) fatvo soʻrab keldi. Fazl unga, u esa Fazlga qaray boshladi. Rasululloh ﷺ Fazlning yuzini boshqa tomonga burar edilar. Ayol: «Yo Rasululloh, Allohning bandalariga farz qilgan haji otamga u keksayib qolgan, ulov ustida turishga qodir boʻlmagan paytida yetdi. Men uning oʻrniga haj qilsam boʻladimi?» dedi. U zot ﷺ: «Ha», dedilar. Bu Vidolashuv hajjida boʻlgan edi.