وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ جَعْفَرِ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ عَلِيٍّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا وَقَفَ عَلَى الصَّفَا يُكَبِّرُ ثَلاَثًا وَيَقُولُ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ " . يَصْنَعُ ذَلِكَ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ وَيَدْعُو وَيَصْنَعُ عَلَى الْمَرْوَةِ مِثْلَ ذَلِكَ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Safo (tepasi)da turganlarida uch marta takbir aytar va: «La ilaha illalloh vahdahu la sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva ala kulli shayʼin qodir» (Yolgʻiz Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Unikidir, hamd Unikidir va U har narsaga qodirdir) deb aytar edilar. Buni uch marta qilib, duo qilardilar va Marvada ham xuddi shunday qilardilar.