وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ جَعْفَرِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا نَزَلَ مِنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ مَشَى حَتَّى إِذَا انْصَبَّتْ قَدَمَاهُ فِي بَطْنِ الْوَادِي سَعَى حَتَّى يَخْرُجَ مِنْهُ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Safo va Marvadan tushganlarida yurar, oyoqlari vodiyning oʻrtasiga yetganda esa undan chiqib ketguncha yugurib (jadal yurib) borar edilar. Molik bilmasdan Baytni tavof qilishdan oldin Safo bilan Marva orasida saʼy qilib yuborgan kishi haqida aytdi: «U qaytib, Baytni tavof qiladi, soʻng Safo bilan Marva orasida saʼy qiladi. Agar bu haqda Makkadan chiqib, uzoqlashguncha bilmasa, u Makkaga qaytib, Baytni tavof qiladi va Safo bilan Marva orasida saʼy qiladi. Agar shu orada ayoliga yaqinlik qilgan boʻlsa, u qaytib, oʻsha umradan zimmasida qolgan (amal)ni tugatishi uchun Baytni tavof qiladi va Safo bilan Marva orasida saʼy qiladi. Soʻngra uning zimmasida yana bir umra va hady (qurbonlik) boʻladi».