وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، أَنَّهُ كَانَ يَرَى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ يُهْدِي فِي الْحَجِّ بَدَنَتَيْنِ بَدَنَتَيْنِ وَفِي الْعُمْرَةِ بَدَنَةً بَدَنَةً . قَالَ وَرَأَيْتُهُ فِي الْعُمْرَةِ يَنْحَرُ بَدَنَةً وَهِيَ قَائِمَةٌ فِي دَارِ خَالِدِ بْنِ أَسِيدٍ وَكَانَ فِيهَا مَنْزِلُهُ . قَالَ وَلَقَدْ رَأَيْتُهُ طَعَنَ فِي لَبَّةِ بَدَنَتِهِ حَتَّى خَرَجَتِ الْحَرْبَةُ مِنْ تَحْتِ كَتِفِهَا .
Abdulloh ibn Dinor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning hajda ikkitadan, umrada esa bittadan badana (qurbonlik tuya) hady qilayotganini koʻrar edi. U aytdi: «Men uni umrada Xolid ibn Usaydning uyi oldida — u shu yerda turardi — tuyani tik turgan holida soʻyganini koʻrdim. Yana men uni badanasining boʻyin chuqurchasiga (nayzasini) sanchib, nayza uning kuragi ostidan chiqib ketganini koʻrdim».