حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ أَخْبَرَنِي سُلَيْمَانُ بْنُ يَسَارٍ، أَنَّ أَبَا أَيُّوبَ الأَنْصَارِيَّ، خَرَجَ حَاجًّا حَتَّى إِذَا كَانَ بِالنَّازِيَةِ مِنْ طَرِيقِ مَكَّةَ أَضَلَّ رَوَاحِلَهُ وَإِنَّهُ قَدِمَ عَلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ يَوْمَ النَّحْرِ فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ عُمَرُ اصْنَعْ كَمَا يَصْنَعُ الْمُعْتَمِرُ ثُمَّ قَدْ حَلَلْتَ فَإِذَا أَدْرَكَكَ الْحَجُّ قَابِلاً فَاحْجُجْ وَأَهْدِ مَا اسْتَيْسَرَ مِنَ الْهَدْىِ .
Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh) xabar berishicha, Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu) haj qilish uchun yoʻlga chiqdi. Makka yoʻlidagi Noziya (degan joy)ga yetganida ulovlari yoʻqolib qoldi. U nahr (qurbonlik) kuni Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga kelib, bu haqda unga aytdi. Umar: «Umra qiluvchi qiladigan (amal)ni qil, shunda ihromdan chiqasan (halol boʻlasan). Kelgusi yili haj senga yetib kelganda esa, haj qil va hadydan nimasi oson (topilsa), shuni soʻy», dedi.