حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ سَالِمٍ، وَعُبَيْدِ اللَّهِ، ابْنَىْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ أَنَّ أَبَاهُمَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ يُقَدِّمُ أَهْلَهُ وَصِبْيَانَهُ مِنَ الْمُزْدَلِفَةِ إِلَى مِنًى حَتَّى يُصَلُّوا الصُّبْحَ بِمِنًى وَيَرْمُوا قَبْلَ أَنْ يَأْتِيَ النَّاسُ .
Abdulloh ibn Umarning ikki oʻgʻli Solim va Ubaydulloh (rahimahumulloh)dan rivoyat qilinadi: otalari Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) ahli va bolalarini Muzdalifadan Minoga (oʻzidan) oldin joʻnatar, ular Minoda bomdodni oʻqib, odamlar kelishidan avval (jamraga) tosh otishlari uchun shunday qilardi.