حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عِيسَى بْنِ طَلْحَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّهُ قَالَ وَقَفَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِلنَّاسِ بِمِنًى وَالنَّاسُ يَسْأَلُونَهُ فَجَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ لَهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَمْ أَشْعُرْ فَحَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَنْحَرَ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " انْحَرْ وَلاَ حَرَجَ " . ثُمَّ جَاءَهُ آخَرُ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَمْ أَشْعُرْ فَنَحَرْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ قَالَ " ارْمِ وَلاَ حَرَجَ " . قَالَ فَمَا سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ شَىْءٍ قُدِّمَ وَلاَ أُخِّرَ إِلاَّ قَالَ " افْعَلْ وَلاَ حَرَجَ " .
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Rasululloh ﷺ Minoda odamlar uchun (savollariga javob berib) turdilar, odamlar u zotdan soʻrardilar. Bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men bilmasdan, qurbonlik qilishdan oldin soch oldirib qoʻydim», dedi. Rasululloh ﷺ: «Qurbonlik qilaver, hech gap yoʻq», dedilar. Soʻng boshqa birov kelib: «Yo Rasululloh, men bilmasdan, toshboʻron qilishdan oldin qurbonlik qilib qoʻydim», dedi. U zot: «Toshboʻron qilaver, hech gap yoʻq», dedilar. (Rovi) aytdi: Rasululloh ﷺdan (oʻsha kuni amallardan) oldinga surilgan yoki keyinga qoldirilgan har qanday narsa haqida soʻralsa, faqat: «Qilaver, hech gap yoʻq», deyaverdilar.