وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرِ بْنِ حَزْمٍ، عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، مَرَّ بِامْرَأَةٍ مَجْذُومَةٍ وَهِيَ تَطُوفُ بِالْبَيْتِ فَقَالَ لَهَا يَا أَمَةَ اللَّهِ لاَ تُؤْذِي النَّاسَ لَوْ جَلَسْتِ فِي بَيْتِكِ . فَجَلَسَتْ فَمَرَّ بِهَا رَجُلٌ بَعْدَ ذَلِكَ فَقَالَ لَهَا إِنَّ الَّذِي كَانَ قَدْ نَهَاكِ قَدْ مَاتَ فَاخْرُجِي . فَقَالَتْ مَا كُنْتُ لأُطِيعَهُ حَيًّا وَأَعْصِيَهُ مَيِّتًا .
Ibn Abu Mulayka (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) Baytni tavof qilayotgan moxov ayolning yonidan oʻtib qoldi va unga: «Ey Allohning choʻrisi, odamlarga ozor berma; uyingda oʻtirsang (yaxshiroq boʻlardi)», dedi. Shunda u (ayol uyida) oʻtirdi. Oradan (vaqt) oʻtib, bir kishi uning yonidan oʻtib: «Seni qaytargan kishi vafot etdi, endi (tavofga) chiqaver», dedi. U (ayol): «Men uni tirikligida-yu, oʻlganidan keyin unga itoatsizlik qiladiganlardan emasman», dedi.