وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ يَحْيَى بْنِ حَبَّانَ، أَنَّهُ سَمِعَهُ يَذْكُرُ، أَنَّ رَجُلاً، مَرَّ عَلَى أَبِي ذَرٍّ بِالرَّبَذَةِ وَأَنَّ أَبَا ذَرٍّ سَأَلَهُ أَيْنَ تُرِيدُ فَقَالَ أَرَدْتُ الْحَجَّ . فَقَالَ هَلْ نَزَعَكَ غَيْرُهُ فَقَالَ لاَ . قَالَ فَأْتَنِفِ الْعَمَلَ . قَالَ الرَّجُلُ فَخَرَجْتُ حَتَّى قَدِمْتُ مَكَّةَ فَمَكَثْتُ مَا شَاءَ اللَّهُ ثُمَّ إِذَا أَنَا بِالنَّاسِ مُنْقَصِفِينَ عَلَى رَجُلٍ فَضَاغَطْتُ عَلَيْهِ النَّاسَ فَإِذَا أَنَا بِالشَّيْخِ الَّذِي وَجَدْتُ بِالرَّبَذَةِ يَعْنِي أَبَا ذَرٍّ قَالَ فَلَمَّا رَآنِي عَرَفَنِي فَقَالَ هُوَ الَّذِي حَدَّثْتُكَ .
Muhammad ibn Yahyo ibn Habbon (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi ar-Rabaza (deb ataluvchi joy)da Abu Zar (roziyallohu anhu)ning yonidan oʻtdi. Abu Zar undan: «Qayoqqa moʻljal qilyapsan?» deb soʻradi. U: «Haj qilmoqchiman», dedi. Abu Zar: «Seni undan boshqa narsa (yoʻlga) chiqardimi?» dedi. U: «Yoʻq», dedi. Abu Zar: «Unda amalni yangidan boshla (chunki gunohlaring kechiriladi)», dedi. Oʻsha kishi (shunday) hikoya qildi: «Men yoʻlga chiqib, Makkaga keldim va Alloh xohlagancha turdim. Soʻng bir vaqt qarasam, odamlar bir kishining atrofiga toʻplanib olishibdi. Men odamlarni yorib, uning oldiga bordim. Qarasam, ar-Rabazada uchratgan oʻsha keksa kishi — yaʼni Abu Zar — ekan. U meni koʻrgach, tanidi va: ‹Bu — men senga aytganim (roʻy berdi)›, dedi».