وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ حُمَيْدٍ الطَّوِيلِ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حِينَ خَرَجَ إِلَى خَيْبَرَ أَتَاهَا لَيْلاً وَكَانَ إِذَا أَتَى قَوْمًا بِلَيْلٍ لَمْ يُغِرْ حَتَّى يُصْبِحَ فَخَرَجَتْ يَهُودُ بِمَسَاحِيهِمْ وَمَكَاتِلِهِمْ فَلَمَّا رَأَوْهُ قَالُوا مُحَمَّدٌ وَاللَّهِ مُحَمَّدٌ وَالْخَمِيسُ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اللَّهُ أَكْبَرُ خَرِبَتْ خَيْبَرُ إِنَّا إِذَا نَزَلْنَا بِسَاحَةِ قَوْمٍ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Xaybarga chiqqanlarida u yerga kechasi keldilar. U zot bir qavmning oldiga kechasi kelsalar, tong otguncha hujum qilmas edilar. Yahudiylar belkuraklari va savatlari bilan chiqishdi. Ular u zotni koʻrganlarida: «Muhammad! Vallohi, Muhammad va qoʻshin!» deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Allohu akbar! Xaybar vayron boʻldi. Biz bir qavmning maydoniga tushsak, ogohlantirilganlarning tongi qanday yomon boʻlur!» dedilar.