وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عُمَرَ بْنَ عَبْدِ الْعَزِيزِ، كَتَبَ إِلَى عَامِلٍ مِنْ عُمَّالِهِ أَنَّهُ بَلَغَنَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا بَعَثَ سَرِيَّةً يَقُولُ لَهُمُ " اغْزُوا بِاسْمِ اللَّهِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ تُقَاتِلُونَ مَنْ كَفَرَ بِاللَّهِ لاَ تَغُلُّوا وَلاَ تَغْدِرُوا وَلاَ تُمَثِّلُوا وَلاَ تَقْتُلُوا وَلِيدًا وَقُلْ ذَلِكَ لِجِيُوشِكَ وَسَرَايَاكَ إِنْ شَاءَ اللَّهُ وَالسَّلاَمُ عَلَيْكَ " .
Molikka yetib kelishicha, Umar ibn Abdulaziz (rahimahulloh) oʻz amaldorlaridan biriga (shunday) deb yozgan: «Bizga yetib kelishicha, Rasululloh ﷺ bir sariya (qoʻshin boʻlagi)ni joʻnatganlarida ularga shunday der edilar: ‹Alloh yoʻlida, Allohning ismi bilan gʻazot qilinglar; Allohga kufr keltirganlar bilan jang qilinglar; (oʻljadan) xiyonat qilmanglar, ahdni buzmanglar, (jasadlarni) buzib tashlamanglar va bolani oʻldirmanglar›. Buni oʻz qoʻshinlaring va sariyalaringga ham ayt, inshaalloh. Assalomu alayka».