وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ سَعِيدَ بْنَ الْمُسَيَّبِ، كَانَ يَقُولُ إِذَا أُعْطِيَ الرَّجُلُ الشَّىْءَ فِي الْغَزْوِ فَيَبْلُغُ بِهِ رَأْسَ مَغْزَاتِهِ فَهُوَ لَهُ . وَسُئِلَ مَالِكٌ عَنْ رَجُلٍ أَوْجَبَ عَلَى نَفْسِهِ الْغَزْوَ فَتَجَهَّزَ حَتَّى إِذَا أَرَادَ أَنْ يَخْرُجَ مَنَعَهُ أَبَوَاهُ أَوْ أَحَدُهُمَا فَقَالَ لاَ يُكَابِرْهُمَا وَلَكِنْ يُؤَخِّرُ ذَلِكَ إِلَى عَامٍ آخَرَ فَأَمَّا الْجِهَازُ فَإِنِّي أَرَى أَنْ يَرْفَعَهُ حَتَّى يَخْرُجَ بِهِ فَإِنْ خَشِيَ أَنْ يَفْسُدَ بَاعَهُ وَأَمْسَكَ ثَمَنَهُ حَتَّى يَشْتَرِيَ بِهِ مَا يُصْلِحُهُ لِلْغَزْوِ فَإِنْ كَانَ مُوسِرًا يَجِدُ مِثْلَ جِهَازِهِ إِذَا خَرَجَ فَلْيَصْنَعْ بِجِهَازِهِ مَا شَاءَ .
Said ibn Musayyab (rahimahulloh) shunday der edi: «Kishiga gʻazot(ga chiqish) uchun biror narsa berilsa, u buni gʻazotining boshigacha (jang maydonigacha) yetkazsa, u (narsa) uniki boʻladi». Molikdan: oʻziga gʻazotni (nazr qilib) vojib qilib olgan, tayyorgarlik koʻrgan, ammo chiqmoqchi boʻlganda ota-onasi yoki ulardan biri toʻsgan kishi haqida soʻralganda, u dedi: «U ularga qarshilik qilmasin, balki buni boshqa yilga qoldirsin. Tayyorgarligiga kelsak, menimcha, u buni chiqquncha saqlab qoʻysin. Agar buzilishidan qoʻrqsa, sotib, uning pulini gʻazot uchun kerakli narsani sotib olguncha saqlab tursin. Agar u boy boʻlib, chiqadigan paytda tayyorgarligiga oʻxshashini topa oladigan boʻlsa, tayyorgarligi bilan xohlaganini qilsin».