حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّهُ قَالَ كَانَ النَّاسُ يُعْطَوْنَ النَّفَلَ مِنَ الْخُمُسِ . قَالَ مَالِكٌ وَذَلِكَ أَحْسَنُ مَا سَمِعْتُ إِلَىَّ فِي ذَلِكَ . وَسُئِلَ مَالِكٌ عَنِ النَّفَلِ هَلْ يَكُونُ فِي أَوَّلِ مَغْنَمٍ قَالَ ذَلِكَ عَلَى وَجْهِ الاِجْتِهَادِ مِنَ الإِمَامِ وَلَيْسَ عِنْدَنَا فِي ذَلِكَ أَمْرٌ مَعْرُوفٌ مَوْثُوقٌ إِلاَّ اجْتِهَادُ السُّلْطَانِ وَلَمْ يَبْلُغْنِي أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَفَّلَ فِي مَغَازِيهِ كُلِّهَا وَقَدْ بَلَغَنِي أَنَّهُ نَفَّلَ فِي بَعْضِهَا يَوْمَ حُنَيْنٍ وَإِنَّمَا ذَلِكَ عَلَى وَجْهِ الاِجْتِهَادِ مِنَ الإِمَامِ فِي أَوَّلِ مَغْنَمٍ وَفِيمَا بَعْدَهُ .
Said ibn Musayyab (rahimahulloh) aytadi: «Odamlarga nafl (mukofot) xumsdan (beshdan bir ulushidan) berilardi». Molik dedi: «Bu — men bu haqda eshitgan (fikrlar)ning eng yaxshisidir». Molikdan nafl haqida — u birinchi oʻljadan boʻladimi, deb soʻralganda, u dedi: «Bu imomning ijtihodi yuzasidan (boʻladi). Bizda bu haqda sultonning ijtihodidan boshqa maʼlum, ishonchli bir hukm yoʻq. Menga Rasululloh ﷺ hamma gʻazotlarida nafl bergani yetmagan; ammo baʼzisida — Hunayn kunida nafl berganlari yetgan. Bu esa faqat imomning ijtihodi yuzasidan, birinchi oʻljada ham, undan keyin ham (boʻladi)».