وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ أَبِي بُرْدَةَ الْكِنَانِيِّ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَتَى النَّاسَ فِي قَبَائِلِهِمْ يَدْعُو لَهُمْ وَأَنَّهُ تَرَكَ قَبِيلَةً مِنَ الْقَبَائِلِ - قَالَ - وَإِنَّ الْقَبِيلَةَ وَجَدُوا فِي بَرْدَعَةِ رَجُلٍ مِنْهُمْ عِقْدَ جَزْعٍ غُلُولاً فَأَتَاهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَكَبَّرَ عَلَيْهِمْ كَمَا يُكَبِّرُ عَلَى الْمَيِّتِ .
Abdulloh ibn Mugʻira ibn Abu Burda al-Kinoniy (rahimahulloh)ga yetib kelishicha, Rasululloh ﷺ odamlarning oldiga qabilalari boʻyicha kelib, ularga duo qilar edilar. U zot qabilalardan bir qabilani (duosiz) qoldirdilar. (U aytadi:) Oʻsha qabila oʻzlaridan bir kishining egar-jabdugʻida gʻulul (xiyonat) yoʻli bilan olingan aqiq munchoq shodasini topib qolishgan edi. Shunda Rasululloh ﷺ ularning oldiga kelib, xuddi maytga takbir aytgandek, ularga (ham) takbir aytdilar.