وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ قَالَ مَا ظَهَرَ الْغُلُولُ فِي قَوْمٍ قَطُّ إِلاَّ أُلْقِيَ فِي قُلُوبِهِمُ الرُّعْبُ وَلاَ فَشَا الزِّنَا فِي قَوْمٍ قَطُّ إِلاَّ كَثُرَ فِيهِمُ الْمَوْتُ وَلاَ نَقَصَ قَوْمٌ الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ إِلاَّ قُطِعَ عَنْهُمُ الرِّزْقُ وَلاَ حَكَمَ قَوْمٌ بِغَيْرِ الْحَقِّ إِلاَّ فَشَا فِيهِمُ الدَّمُ وَلاَ خَتَرَ قَوْمٌ بِالْعَهْدِ إِلاَّ سَلَّطَ اللَّهُ عَلَيْهِمُ الْعَدُوَّ .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)ga Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan yetib kelishicha, u shunday degan: «Qaysi qavmda gʻulul (oʻljadan xiyonat) paydo boʻlsa, albatta ularning qalblariga qoʻrquv solinadi. Qaysi qavmda zino yoyilsa, albatta ularda oʻlim koʻpayadi. Qaysi qavm oʻlchov va tarozini kamaytirsa, albatta ulardan rizq uziladi. Qaysi qavm haqsizlik bilan hukm qilsa, albatta ularda qon (toʻkilishi) yoyiladi. Qaysi qavm ahdni buzsa, albatta Alloh ularga dushmanni gʻolib qiladi».