وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَالِسًا وَقَبْرٌ يُحْفَرُ بِالْمَدِينَةِ فَاطَّلَعَ رَجُلٌ فِي الْقَبْرِ فَقَالَ بِئْسَ مَضْجَعُ الْمُؤْمِنِ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " بِئْسَ مَا قُلْتَ " . فَقَالَ الرَّجُلُ إِنِّي لَمْ أُرِدْ هَذَا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّمَا أَرَدْتُ الْقَتْلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ مِثْلَ لِلْقَتْلِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ مَا عَلَى الأَرْضِ بُقْعَةٌ هِيَ أَحَبُّ إِلَىَّ أَنْ يَكُونَ قَبْرِي بِهَا مِنْهَا " . ثَلاَثَ مَرَّاتٍ يَعْنِي الْمَدِينَةَ .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh) aytadi: Rasululloh ﷺ oʻtirgan edilar, Madinada bir qabr qazilayotgan edi. Bir kishi qabrga nazar solib: «Muʼminning naqadar yomon yotoqjoyi (bu)!» dedi. Rasululloh ﷺ: «Naqadar yomon (soʻz) aytding!» dedilar. Oʻsha kishi: «Men buni (nazarda) tutmadim, yo Rasululloh; men faqat Alloh yoʻlida oʻldirilishni (shahidlikni) nazarda tutdim», dedi. Rasululloh ﷺ: «Alloh yoʻlida oʻldirilishga teng (biror narsa) yoʻq! Yer yuzida qabrim shu yerda boʻlishini undan koʻra koʻproq yaxshi koʻradigan biror joy yoʻq», — dedilar. Bu (soʻzni) uch marta (takror) aytdilar, yaʼni Madinani (nazarda tutib).