وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، أَنَّهُ سَمِعَهُ يَقُولُ أَتَتِ امْرَأَةٌ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ فَقَالَتْ إِنِّي نَذَرْتُ أَنْ أَنْحَرَ ابْنِي . فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ لاَ تَنْحَرِي ابْنَكِ وَكَفِّرِي عَنْ يَمِينِكِ، . فَقَالَ شَيْخٌ عِنْدَ ابْنِ عَبَّاسٍ وَكَيْفَ يَكُونُ فِي هَذَا كَفَّارَةٌ فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى قَالَ وَ {الَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِنْكُمْ مِنْ نِسَائِهِمْ} ثُمَّ جَعَلَ فِيهِ مِنَ الْكَفَّارَةِ مَا قَدْ رَأَيْتَ .
Al-Qosim ibn Muhammad (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Bir ayol Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning oldiga kelib: «Men oʻgʻlimni soʻyishga (qurbon qilishga) nazr qildim», dedi. Ibn Abbos: «Oʻgʻlingni soʻyma, qasaming uchun kafforat ber», dedi. Ibn Abbosning yonidagi bir keksa (kishi): «Bunda qanday qilib kafforat boʻladi?» dedi. Ibn Abbos: «Alloh taolo: {Sizlardan xotinlarini zihor qiladiganlar...} degan, soʻng unda sen koʻrgan kafforatni (belgilab) qoʻygan» (Mujodala 2), dedi.