وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ، أَنَّ عُوَيْمِرَ بْنَ أَشْقَرَ، ذَبَحَ ضَحِيَّتَهُ قَبْلَ أَنْ يَغْدُوَ، يَوْمَ الأَضْحَى وَأَنَّهُ ذَكَرَ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَهُ أَنْ يَعُودَ بِضَحِيَّةٍ أُخْرَى .
Abbod ibn Tamim (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Uvaymir ibn Ashqar (roziyallohu anhu) Qurbon kuni (namozga) chiqishdan oldin oʻz qurbonligini soʻydi va buni Rasululloh ﷺga aytdi. Shunda u zot unga boshqa bir qurbonlikni qayta (soʻyishni) buyurdilar.