وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عُمَارَةَ بْنِ صَيَّادٍ، أَنَّ عَطَاءَ بْنَ يَسَارٍ، أَخْبَرَهُ أَنَّ أَبَا أَيُّوبَ الأَنْصَارِيَّ أَخْبَرَهُ قَالَ كُنَّا نُضَحِّي بِالشَّاةِ الْوَاحِدَةِ يَذْبَحُهَا الرَّجُلُ عَنْهُ وَعَنْ أَهْلِ بَيْتِهِ ثُمَّ تَبَاهَى النَّاسُ بَعْدُ فَصَارَتْ مُبَاهَاةً .
Ato ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, unga Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu) xabar berib, shunday dedi: «Biz bitta qoʻyni qurbonlik qilardik — kishi uni oʻzi va oʻz uy aholisi nomidan soʻyardi. Soʻng keyinchalik odamlar bir-birlari bilan (koʻp qurbonlik qilishda) faxrlanadigan boʻlishdi va bu maqtanish(mubohot)ga aylandi».