حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي مُرَّةَ، مَوْلَى عَقِيلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَنَّهُ سَأَلَ أَبَا هُرَيْرَةَ عَنْ شَاةٍ، ذُبِحَتْ فَتَحَرَّكَ بَعْضُهَا فَأَمَرَهُ أَنْ يَأْكُلَهَا ثُمَّ سَأَلَ عَنْ ذَلِكَ زَيْدَ بْنَ ثَابِتٍ فَقَالَ إِنَّ الْمَيْتَةَ لَتَتَحَرَّكُ وَنَهَاهُ عَنْ ذَلِكَ . وَسُئِلَ مَالِكٌ عَنْ شَاةٍ تَرَدَّتْ فَتَكَسَّرَتْ فَأَدْرَكَهَا صَاحِبُهَا فَذَبَحَهَا فَسَالَ الدَّمُ مِنْهَا وَلَمْ تَتَحَرَّكْ فَقَالَ مَالِكٌ إِذَا كَانَ ذَبَحَهَا وَنَفَسُهَا يَجْرِي وَهِيَ تَطْرِفُ فَلْيَأْكُلْهَا .
Aqil ibn Abu Tolibning mavlosi Abu Murra (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan soʻyilgach baʼzi joyi qimirlagan qoʻy haqida soʻradi. Shunda u (Abu Hurayra) unga uni yeyishga buyurdi. Soʻng u shu haqda Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan soʻradi. U esa: «Albatta, oʻlik (jasad) ham qimirlaydi», dedi va uni bundan qaytardi. Molikdan yiqilib aʼzosi singan qoʻy haqida soʻraldi — egasi uni topib soʻygan, qoni oqqan, lekin qimirlamagan edi. Molik aytdi: «Agar uni joni chiqib turgan (hali tirik) va koʻzi pirpirayotgan holida soʻygan boʻlsa, uni yesin».