وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ أَبِي هُرَيْرَةَ، سَأَلَ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ عَمَّا لَفَظَ الْبَحْرُ فَنَهَاهُ عَنْ أَكْلِهِ، . قَالَ نَافِعٌ ثُمَّ انْقَلَبَ عَبْدُ اللَّهِ فَدَعَا بِالْمُصْحَفِ فَقَرَأَ {أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ} قَالَ نَافِعٌ فَأَرْسَلَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ إِلَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي هُرَيْرَةَ إِنَّهُ لاَ بَأْسَ بِأَكْلِهِ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdurrahmon ibn Abu Hurayra Abdulloh ibn Umardan dengiz qirgʻoqqa chiqarib tashlagan (oʻlik) narsa haqida soʻradi, u esa uni yeyishdan qaytardi. Nofeʼ dedi: «Soʻng Abdulloh qaytib, mushaf keltirishni soʻradi va {Sizlarga dengiz ovi va uning taomi halol qilindi} (Moida 96) oyatini oʻqidi». Nofeʼ dedi: «Shunda Abdulloh ibn Umar meni Abdurrahmon ibn Abu Hurayraning oldiga: ‹Uni yeyishda hech qanday zarar yoʻq›, deb yubordi».