حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، لَمْ يَكُنْ يَسْأَلُهُ أَحَدٌ مِنْ أَهْلِهِ عَقِيقَةً إِلاَّ أَعْطَاهُ إِيَّاهَا وَكَانَ يَعُقُّ عَنْ وَلَدِهِ بِشَاةٍ شَاةٍ عَنِ الذُّكُورِ وَالإِنَاثِ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umardan ahlidan biri aqiqa (qoʻyi)ni soʻrasa, albatta uni berar edi. U oʻz farzandi uchun — oʻgʻil va qizlar uchun — bittadan qoʻy aqiqa qilar edi.