حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ مُعَاوِيَةَ بْنَ أَبِي سُفْيَانَ، كَتَبَ إِلَى زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ يَسْأَلُهُ عَنِ الْجَدِّ، فَكَتَبَ إِلَيْهِ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ إِنَّكَ كَتَبْتَ إِلَىَّ تَسْأَلُنِي عَنِ الْجَدِّ، وَاللَّهُ، أَعْلَمُ وَذَلِكَ مِمَّا لَمْ يَكُنْ يَقْضِي فِيهِ إِلاَّ الأُمَرَاءُ - يَعْنِي الْخُلَفَاءَ - وَقَدْ حَضَرْتُ الْخَلِيفَتَيْنِ قَبْلَكَ يُعْطِيَانِهِ النِّصْفَ مَعَ الأَخِ الْوَاحِدِ وَالثُّلُثَ مَعَ الاِثْنَيْنِ فَإِنْ كَثُرَتِ الإِخْوَةُ لَمْ يُنَقِّصُوهُ مِنَ الثُّلُثِ .
Molikka Yahyo ibn Saiddan yetib kelishicha, Muoviya ibn Abu Sufyon Zayd ibn Sobitga xat yozib, bobo (merosi) haqida soʻradi. Zayd ibn Sobit unga shunday yozib javob berdi: «Sen menga xat yozib, bobo haqida soʻrabsan. Alloh bilguvchidir. Bu — faqat amirlar, yaʼni xalifalargina hukm chiqaradigan masalalardandir. Men sendan oldingi ikki xalifaning huzurida boʻlganman: ular unga bitta aka-uka bilan birga yarmini, ikkitasi bilan birga uchdan birini berardilar. Agar aka-ukalar koʻpaysa, uni uchdan birdan kamaytirmasdilar».