وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، أَنَّهُ قَالَ أَتَتِ الْجَدَّتَانِ إِلَى أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ فَأَرَادَ أَنْ يَجْعَلَ السُّدُسَ، لِلَّتِي مِنْ قِبَلِ الأُمِّ فَقَالَ لَهُ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ أَمَا إِنَّكَ تَتْرُكُ الَّتِي لَوْ مَاتَتْ وَهُوَ حَىٌّ كَانَ إِيَّاهَا يَرِثُ فَجَعَلَ أَبُو بَكْرٍ السُّدُسَ بَيْنَهُمَا .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh) al-Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qiladiki, u dedi: «Ikki buvi Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu)ning oldiga keldi. U oltidan birni ona tarafidagi (buvi)ga bermoqchi boʻldi. Shunda ansorlardan bir kishi unga: ‹Sen shundayini chetda qoldiryapsan-ku, agar u (buvi) oʻlib, u (uning oʻgʻli — ota) tirik boʻlganida, oʻsha (ota) unga meros boʻlar edi›, dedi. Shunda Abu Bakr oltidan birni ikkovining orasida (teng) taqsimladi».