وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ يَخْطُبُ أَحَدُكُمْ عَلَى خِطْبَةِ أَخِيهِ " .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringiz oʻz birodari sovchi qoʻygan (qiz)ga sovchi qoʻymasin», dedilar. Molik aytdi: «Rasululloh ﷺ ning bu soʻzlarining maʼnosi — bizningcha, Alloh biluvchidir — shuki: ‹Biringiz oʻz birodari sovchi qoʻygan (qiz)ga sovchi qoʻymasin› degani, bir kishi bir ayolga sovchi qoʻyib, u (ayol) unga moyil boʻlib, oʻzi aytgan mahrda oʻzaro kelishib, bir-birlaridan rozi boʻlganlarida, boshqa birovning oʻsha ayolga sovchi qoʻyishi harom boʻladi deganidir. U — bir kishi ayolga sovchi qoʻyganda, u (ayol) unga koʻnmay va moyil boʻlmasa, boshqa birov unga sovchi qoʻya olmaydi degan maʼnoda emas; bu (esa) odamlar uchun qiyinchilik eshigidir».