وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ ابْنَةَ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، - وَأُمُّهَا بِنْتُ زَيْدِ بْنِ الْخَطَّابِ - كَانَتْ تَحْتَ ابْنٍ لِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ فَمَاتَ وَلَمْ يَدْخُلْ بِهَا وَلَمْ يُسَمِّ لَهَا صَدَاقًا فَابْتَغَتْ أُمُّهَا صَدَاقَهَا فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ لَيْسَ لَهَا صَدَاقٌ وَلَوْ كَانَ لَهَا صَدَاقٌ لَمْ نُمْسِكْهُ وَلَمْ نَظْلِمْهَا . فَأَبَتْ أُمُّهَا أَنْ تَقْبَلَ ذَلِكَ فَجَعَلُوا بَيْنَهُمْ زَيْدَ بْنَ ثَابِتٍ فَقَضَى أَنْ لاَ صَدَاقَ لَهَا وَلَهَا الْمِيرَاثُ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Ubaydulloh ibn Umarning qizi — onasi Zayd ibn al-Xattobning qizi edi — Abdulloh ibn Umarning bir oʻgʻliga nikohlangan edi. U (er) unga qoʻshilmasdan va unga mahr belgilamasdan turib vafot etdi. Uning onasi mahrni talab qildi. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo): «Unga mahr yoʻq. Agar unga mahr boʻlganida, biz uni ushlab qolmasdik va unga zulm ham qilmasdik», dedi. Ammo onasi buni qabul qilishdan bosh tortdi. Shunda ular oʻrtalariga Zayd ibn Sobitni hakam qilishdi. U esa: unga mahr yoʻq, ammo unga meros bor, deb hukm qildi.