حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ الْمِسْوَرِ بْنِ رِفَاعَةَ الْقُرَظِيِّ، عَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الزَّبِيرِ، أَنَّ رِفَاعَةَ بْنَ سِمْوَالٍ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ تَمِيمَةَ بِنْتَ وَهْبٍ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثَلاَثًا فَنَكَحَتْ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ الزَّبِيرِ فَاعْتَرَضَ عَنْهَا فَلَمْ يَسْتَطِعْ أَنْ يَمَسَّهَا فَفَارَقَهَا فَأَرَادَ رِفَاعَةُ أَنْ يَنْكِحَهَا - وَهُوَ زَوْجُهَا الأَوَّلُ الَّذِي كَانَ طَلَّقَهَا - فَذَكَرَ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَنَهَاهُ عَنْ تَزْوِيجِهَا وَقَالَ " لاَ تَحِلُّ لَكَ حَتَّى تَذُوقَ الْعُسَيْلَةَ " .
Zubayr ibn Abdurrahmon ibn az-Zabir (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rifoa ibn Simval Rasululloh ﷺ zamonlarida oʻz ayoli Tamima bint Vahbni uch marta taloq qildi. Soʻng u (ayol) Abdurrahmon ibn az-Zabirga tegdi. Ammo u (Abdurrahmon) undan yuz oʻgirib, unga yaqinlik qilishga qodir boʻlmadi va undan ajraldi. Shunda Rifoa — uni taloq qilgan birinchi eri — unga qayta uylanmoqchi boʻldi va buni Rasululloh ﷺga aytdi. U zot uni unga uylanishdan qaytardilar va: «To u (ayol ikkinchi erning) shirinligidan totmaguncha, senga halol boʻlmaydi», dedilar.