وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ سُئِلَ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ عَنْ رَجُلٍ، تَزَوَّجَ امْرَأَةً ثُمَّ فَارَقَهَا قَبْلَ أَنْ يُصِيبَهَا هَلْ تَحِلُّ لَهُ أُمُّهَا فَقَالَ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ لاَ الأُمُّ مُبْهَمَةٌ لَيْسَ فِيهَا شَرْطٌ وَإِنَّمَا الشَّرْطُ فِي الرَّبَائِبِ .
Yahyo ibn Saʼid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Zayd ibn Sobitdan bir kishi ayolga uylanib, soʻng unga qoʻshilishidan oldin undan ajralgan boʻlsa, uning onasi unga halol boʻladimi, deb soʻralgan edi. Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu): «Yoʻq. Ona mumtaneʼ (mutlaqo harom), unda hech qanday shart yoʻq. Shart faqat rabibalar (oʻgay qizlar) haqidadir», dedi.