حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الشِّغَارِ وَالشِّغَارُ أَنْ يُزَوِّجَ الرَّجُلُ ابْنَتَهُ عَلَى أَنْ يُزَوِّجَهُ الآخَرُ ابْنَتَهُ لَيْسَ بَيْنَهُمَا صَدَاقٌ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ shigʻordan qaytardilar. Shigʻor — kishining oʻz qizini boshqa kishiga, u ham oʻz qizini unga nikohlab berishi sharti bilan, oʻrtalarida mahr boʻlmagan holda nikohlab berishidir.