وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ، يَقُولُ إِنَّ خَيَّاطًا دَعَا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِطَعَامٍ صَنَعَهُ . قَالَ أَنَسٌ فَذَهَبْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى ذَلِكَ الطَّعَامِ فَقَرَّبَ إِلَيْهِ خُبْزًا مِنْ شَعِيرٍ وَمَرَقًا فِيهِ دُبَّاءُ . قَالَ أَنَسٌ فَرَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَتَتَبَّعُ الدُّبَّاءَ مِنْ حَوْلِ الْقَصْعَةِ فَلَمْ أَزَلْ أُحِبُّ الدُّبَّاءَ بَعْدَ ذَلِكَ الْيَوْمِ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir tikuvchi Rasululloh ﷺni oʻzi tayyorlagan taomga taklif qildi. Anas aytdi: «Men Rasululloh ﷺ bilan birga oʻsha taomga bordim. U zotga arpa noni va ichida qovoq boʻlgan shoʻrva keltirildi. Men Rasululloh ﷺ tovoq atrofidagi qovoqni terib yeyayotganlarini koʻrdim. Shundan soʻng men oʻsha kundan boshlab qovoqni doimo yaxshi koʻradigan boʻldim».