حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّهُ كُتِبَ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ مِنَ الْعِرَاقَ أَنَّ رَجُلاً قَالَ لاِمْرَأَتِهِ حَبْلُكِ عَلَى غَارِبِكِ فَكَتَبَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ إِلَى عَامِلِهِ أَنْ مُرْهُ يُوَافِينِي بِمَكَّةَ فِي الْمَوْسِمِ فَبَيْنَمَا عُمَرُ يَطُوفُ بِالْبَيْتِ إِذْ لَقِيَهُ الرَّجُلُ فَسَلَّمَ عَلَيْهِ فَقَالَ عُمَرُ مَنْ أَنْتَ فَقَالَ أَنَا الَّذِي أَمَرْتَ أَنْ أُجْلَبَ عَلَيْكَ . فَقَالَ لَهُ عُمَرُ أَسْأَلُكَ بِرَبِّ هَذِهِ الْبَنِيَّةِ مَا أَرَدْتَ بِقَوْلِكَ حَبْلُكِ عَلَى غَارِبِكِ فَقَالَ لَهُ الرَّجُلُ لَوِ اسْتَحْلَفْتَنِي فِي غَيْرِ هَذَا الْمَكَانِ مَا صَدَقْتُكَ أَرَدْتُ بِذَلِكَ الْفِرَاقَ . فَقَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ هُوَ مَا أَرَدْتَ .
Molikka yetib kelishicha, Iroqdan Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ga bir kishi xotiniga: «Arqoning boʻyningda (yaʼni oʻz ixtiyoring oʻzingda, ozodsan)» deganligi haqida xat yozildi. Umar ibn al-Xattob oʻz amaliga (voliysiga): «Unga buyur, mavsumda (hajda) Makkada mening oldimga kelsin», deb xat yozdi. Umar Baytni tavof qilib yurganida, oʻsha kishi uni uchratib, salom berdi. Umar: «Sen kimsan?» dedi. U: «Men sen huzuringga keltirilishimni buyurgan kishiman», dedi. Umar unga: «Bu Bino (Kaʼba)ning Robbi bilan soʻrayman, ‹Arqoning boʻyningda› deganing bilan nimani nazarda tutding?» dedi. U kishi unga: «Agar meni bu joydan boshqa yerda qasam ichirganingda, senga rost aytmagan boʻlardim. Men bu bilan (xotinimdan) ajralishni nazarda tutdim», dedi. Umar ibn al-Xattob: «U — sen nazarda tutgan narsadir», dedi.