وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَجُلاً، سَأَلَ الْقَاسِمَ بْنَ مُحَمَّدٍ وَسُلَيْمَانَ بْنَ يَسَارٍ عَنْ رَجُلٍ تَظَاهَرَ مِنِ امْرَأَتِهِ قَبْلَ أَنْ يَنْكِحَهَا فَقَالاَ إِنْ نَكَحَهَا فَلاَ يَمَسَّهَا حَتَّى يُكَفِّرَ كَفَّارَةَ الْمُتَظَاهِرِ .
Molikka yetib kelishicha, bir kishi Qosim ibn Muhammad va Sulaymon ibn Yasor (rahimahumulloh)dan xotinidan, uni nikohlab olishidan avval zihor aytgan kishi haqida soʻradi. Ular: «Agar u ayolga uylansa, zihor aytgan kishining kafforatini toʻlamaguncha unga tegmasin», deyishdi.