وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، أَنَّهُ سَمِعَ رَجُلاً، يَسْأَلُ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ عَنْ رَجُلٍ، قَالَ لاِمْرَأَتِهِ كُلُّ امْرَأَةٍ أَنْكِحُهَا عَلَيْكِ مَا عِشْتِ فَهِيَ عَلَىَّ كَظَهْرِ أُمِّي . فَقَالَ عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ يُجْزِئُهُ عَنْ ذَلِكَ عِتْقُ رَقَبَةٍ .
Hishom ibn Urva (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u bir kishi Urva ibn az-Zubayr (rahimahulloh)dan xotiniga: «Sen tirik ekansan, ustingga uylanadigan har bir ayol menga onamning beli kabi (harom) boʻlsin» degan kishi haqida soʻraganini eshitdi. Urva ibn az-Zubayr: «Buning (kafforati) uchun bir qul ozod qilish kifoya qiladi», dedi.