وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ مَوْلاَةٍ، لِصَفِيَّةَ بِنْتِ أَبِي عُبَيْدٍ . أَنَّهَا اخْتَلَعَتْ مِنْ زَوْجِهَا بِكُلِّ شَىْءٍ لَهَا فَلَمْ يُنْكِرْ ذَلِكَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ . قَالَ مَالِكٌ فِي الْمُفْتَدِيَةِ الَّتِي تَفْتَدِي مِنْ زَوْجِهَا أَنَّهُ إِذَا عُلِمَ أَنَّ زَوْجَهَا أَضَرَّ بِهَا وَضَيَّقَ عَلَيْهَا وَعُلِمَ أَنَّهُ ظَالِمٌ لَهَا مَضَى الطَّلاَقُ وَرَدَّ عَلَيْهَا مَالَهَا . قَالَ فَهَذَا الَّذِي كُنْتُ أَسْمَعُ وَالَّذِي عَلَيْهِ أَمْرُ النَّاسِ عِنْدَنَا . قَالَ مَالِكٌ لاَ بَأْسَ بِأَنْ تَفْتَدِيَ الْمَرْأَةُ مِنْ زَوْجِهَا بِأَكْثَرَ مِمَّا أَعْطَاهَا .
Nofeʼ (rahimahulloh) Safiyya bint Abu Ubaydning bir choʻrisi (mavlosi)dan rivoyat qilishicha, u ayol oʻzining bor mol-mulki evaziga eridan (xulʼ orqali) ajraldi, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) esa buni inkor qilmadi. Molik eridan (mol berib) ajralib olayotgan ayol haqida aytdi: «Agar eri unga zarar yetkazgani, uni siqib qoʻygani va unga zulm qilgani maʼlum boʻlsa, taloq oʻtadi va (er) ayolning molini unga qaytarib beradi. Men eshitib kelayotganim va bizning oldimizda odamlar amal qilib turgan narsa shudir». Molik aytdi: «Ayolning eridan, u (er) bergan narsadan koʻproq (mol berib) ajralib olishida zarar yoʻq».