وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَجُلاً، لاَعَنَ امْرَأَتَهُ فِي زَمَانِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَانْتَفَلَ مِنْ وَلَدِهَا فَفَرَّقَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَيْنَهُمَا وَأَلْحَقَ الْوَلَدَ بِالْمَرْأَةِ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺ zamonlarida xotini bilan liʼon qilib (oʻzaro laʼnatlashib), uning bolasidan tondi. Shunda Rasululloh ﷺ ikkovini bir-biridan ajratdilar va bolani ayolga qoʻshdilar (bola onasiga nisbat berildi).