حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ ثَوْبَانَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِيَاسِ بْنِ الْبُكَيْرِ، أَنَّهُ قَالَ طَلَّقَ رَجُلٌ امْرَأَتَهُ ثَلاَثًا قَبْلَ أَنْ يَدْخُلَ بِهَا ثُمَّ بَدَا لَهُ أَنْ يَنْكِحَهَا فَجَاءَ يَسْتَفْتِي فَذَهَبْتُ مَعَهُ أَسْأَلُ لَهُ فَسَأَلَ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ وَأَبَا هُرَيْرَةَ عَنْ ذَلِكَ فَقَالاَ لاَ نَرَى أَنْ تَنْكِحَهَا حَتَّى تَنْكِحَ زَوْجًا غَيْرَكَ . قَالَ فَإِنَّمَا طَلاَقِي إِيَّاهَا وَاحِدَةٌ . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ إِنَّكَ أَرْسَلْتَ مِنْ يَدِكَ مَا كَانَ لَكَ مِنْ فَضْلٍ .
Muhammad ibn Iyos ibn al-Bukayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: Bir kishi xotinini u bilan qoʻshilishdan (jimoʼdan) oldin uch taloq qildi, soʻng unga yana u ayolni nikohlash istagi tugʻildi. U fatvo soʻrab keldi, men ham unga (savol) berish uchun birga bordim. U bu haqda Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) va Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan soʻradi. Ikkovi: «Biz senga, u boshqa bir erga tegmagunicha, uni nikohlashni joiz deb koʻrmaymiz», dedilar. U: «Axir men uni faqat bir marta taloq qilgan edim», dedi. Ibn Abbos: «Sen qoʻlingdagi imkoniyatni (ortiqcha marhamatni) oʻzing qoʻyib yubording», dedi.