وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ لِكُلِّ مُطَلَّقَةٍ مُتْعَةٌ إِلاَّ الَّتِي تُطَلَّقُ وَقَدْ فُرِضَ لَهَا صَدَاقٌ وَلَمْ تُمَسَّ فَحَسْبُهَا نِصْفُ مَا فُرِضَ لَهَا .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) shunday derdi: Har bir taloq qilingan ayol uchun mutʼa (bor), faqat mahri belgilanib qoʻyilgan, ammo qoʻl tekkizilmasdan taloq qilingan ayoldan boshqa; unga belgilangan (mahr)ning yarmi kifoyadir.