حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ نُفَيْعًا، مُكَاتَبًا كَانَ لأُمِّ سَلَمَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَوْ عَبْدًا لَهَا كَانَتْ تَحْتَهُ امْرَأَةٌ حُرَّةٌ فَطَلَّقَهَا اثْنَتَيْنِ ثُمَّ أَرَادَ أَنْ يُرَاجِعَهَا فَأَمَرَهُ أَزْوَاجُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَأْتِيَ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ فَيَسْأَلَهُ عَنْ ذَلِكَ فَلَقِيَهُ عِنْدَ الدَّرَجِ آخِذًا بِيَدِ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ فَسَأَلَهُمَا فَابْتَدَرَاهُ جَمِيعًا فَقَالاَ حَرُمَتْ عَلَيْكَ حَرُمَتْ عَلَيْكَ .
Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ning zavjalari Umm Salama (roziyallohu anho)ning mukotabi (ozodlik shartnomasidagi qullaridan biri) — yoki uning quli — boʻlgan Nufayʼning nikohida bir ozod ayol bor edi. U ayolni ikki taloq qildi, soʻng unga qaytishni (rujuʼ qilishni) istadi. Nabiy ﷺ ning zavjalari unga Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning oldiga borib, bu haqda soʻrashni buyurdilar. U (Usmon)ni zinapoyalar oldida Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)ning qoʻlidan ushlab turgan holda uchratdi. U ikkovidan soʻradi, ikkovi barobar unga shoshib: «Senga harom boʻldi, senga harom boʻldi», dedilar.