حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، وَعَنْ يَزِيدَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ قُسَيْطٍ اللَّيْثِيِّ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّهُ قَالَ قَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ أَيُّمَا امْرَأَةٍ طُلِّقَتْ فَحَاضَتْ حَيْضَةً أَوْ حَيْضَتَيْنِ ثُمَّ رَفَعَتْهَا حَيْضَتُهَا فَإِنَّهَا تَنْتَظِرُ تِسْعَةَ أَشْهُرٍ فَإِنْ بَانَ بِهَا حَمْلٌ فَذَلِكَ وَإِلاَّ اعْتَدَّتْ بَعْدَ التِّسْعَةِ الأَشْهُرِ ثَلاَثَةَ أَشْهُرٍ ثُمَّ حَلَّتْ .
Saʼid ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) shunday dedi: Qaysi bir ayol taloq qilinib, bir yoki ikki marta hayz koʻrsa, soʻng hayzi (uzilib) koʻtarilsa, u toʻqqiz oy kutadi. Agar unda homila borligi maʼlum boʻlsa — mana shu (yetarli); boʻlmasa, toʻqqiz oydan keyin uch oy idda saqlaydi, soʻng (turmushga chiqishi) halol boʻladi.