حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ سَمِعْتُ الْقَاسِمَ بْنَ مُحَمَّدٍ، يَقُولُ إِنَّ يَزِيدَ بْنَ عَبْدِ الْمَلِكِ فَرَّقَ بَيْنَ رِجَالٍ وَبَيْنَ نِسَائِهِمْ وَكُنَّ أُمَّهَاتِ أَوْلاَدِ رِجَالٍ هَلَكُوا فَتَزَوَّجُوهُنَّ بَعْدَ حَيْضَةٍ أَوْ حَيْضَتَيْنِ فَفَرَّقَ بَيْنَهُمْ حَتَّى يَعْتَدُّونَ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا . فَقَالَ الْقَاسِمُ بْنُ مُحَمَّدٍ سُبْحَانَ اللَّهِ يَقُولُ اللَّهُ فِي كِتَابِهِ {وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا} مَا هُنَّ مِنَ الأَزْوَاجِ .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u: «Men al-Qosim ibn Muhammadning shunday deganini eshitdim», dedi: «Yazid ibn Abdulmalik baʼzi erkaklar bilan xotinlarini ajratdi — u ayollar vafot etgan kishilarning umm valadlari (oʻgʻil tuqqan choʻrilari) boʻlib, bu erkaklar ularni bir yoki ikki hayzdan soʻng nikohlagan edilar. U (Yazid) ularni toʻrt oyu oʻn kun idda oʻtirmagunlaricha ajratib qoʻydi». Al-Qosim ibn Muhammad: «Subhonalloh! Alloh oʻz Kitobida: {Sizlardan vafot etib, (ortidan) xotinlar qoldiradiganlar...} dedi-ku; axir bular (umm valadlar) oʻsha xotinlardan emas-ku», dedi.