وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ ضَمْرَةَ بْنِ سَعِيدٍ الْمَازِنِيِّ، عَنِ الْحَجَّاجِ بْنِ عَمْرِو بْنِ غَزِيَّةَ، أَنَّهُ كَانَ جَالِسًا عِنْدَ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ فَجَاءَهُ ابْنُ قَهْدٍ - رَجُلٌ مِنْ أَهْلِ الْيَمَنِ - فَقَالَ يَا أَبَا سَعِيدٍ إِنَّ عِنْدِي جَوَارِيَ لِي لَيْسَ نِسَائِي اللاَّتِي أُكِنُّ بِأَعْجَبَ إِلَىَّ مِنْهُنَّ وَلَيْسَ كُلُّهُنَّ يُعْجِبُنِي أَنْ تَحْمِلَ مِنِّي أَفَأَعْزِلُ فَقَالَ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ أَفْتِهِ يَا حَجَّاجُ . قَالَ فَقُلْتُ يَغْفِرُ اللَّهُ لَكَ إِنَّمَا نَجْلِسُ عِنْدَكَ لِنَتَعَلَّمَ مِنْكَ . قَالَ أَفْتِهِ . قَالَ فَقُلْتُ هُوَ حَرْثُكَ إِنْ شِئْتَ سَقَيْتَهُ وَإِنْ شِئْتَ أَعْطَشْتَهُ . قَالَ وَكُنْتُ أَسْمَعُ ذَلِكَ مِنْ زَيْدٍ فَقَالَ زَيْدٌ صَدَقَ .
Zamra ibn Said al-Moziniy (rahimahulloh) al-Hajjoj ibn Amr ibn Gʻaziyadan rivoyat qiladiki, u Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)ning huzurida oʻtirgan edi. Shunda uning oldiga Yaman ahlidan Ibn Qahd degan kishi kelib: «Ey Abu Said, mening choʻrilarim bor. Nikohimdagi xotinlarim ham menga ulardan koʻra maʼqulroq emas; biroq ularning hammasidan bola koʻrishni istamayman. Azl qilaymi?» dedi. Zayd ibn Sobit: «Unga fatvo ber, ey Hajjoj!» dedi. U (Hajjoj) dedi: «Men: ‹Alloh sizni kechirsin, biz sizning oldingizda sizdan (ilm) oʻrganish uchun oʻtiribmiz-ku!› dedim. U: ‹Fatvo ber›, dedi. Men: ‹U (choʻri) sening ekinzoring; xohlasang sugʻor, xohlasang tashna qoldir›, dedim — men buni Zayddan eshitgan edim». Shunda Zayd: «Rost aytdi», dedi.