حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا افْتَتَحَ الصَّلاَةَ رَفَعَ يَدَيْهِ حَذْوَ مَنْكِبَيْهِ وَإِذَا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ رَفَعَهُمَا كَذَلِكَ أَيْضًا وَقَالَ " سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ " . وَكَانَ لاَ يَفْعَلُ ذَلِكَ فِي السُّجُودِ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ namozni boshlaganlarida qoʻllarini yelkalari barobarigacha koʻtarardilar, rukuʼdan boshlarini koʻtarganlarida ham xuddi shunday koʻtarib: «Samiʼallohu liman hamidah, Rabbano va laka-l-hamd» (Alloh Oʻziga hamd aytganning hamdini eshitdi; ey Robbimiz, hamd Sengagina xosdir), dedilar. Sajdada esa buni qilmasdilar.