حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُسْلِمِ بْنِ أَبِي مَرْيَمَ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْمُعَاوِيِّ، أَنَّهُ قَالَ رَآنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ وَأَنَا أَعْبَثُ بِالْحَصْبَاءِ فِي الصَّلاَةِ فَلَمَّا انْصَرَفْتُ نَهَانِي وَقَالَ اصْنَعْ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصْنَعُ . فَقُلْتُ وَكَيْفَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصْنَعُ قَالَ كَانَ إِذَا جَلَسَ فِي الصَّلاَةِ وَضَعَ كَفَّهُ الْيُمْنَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُمْنَى وَقَبَضَ أَصَابِعَهُ كُلَّهَا وَأَشَارَ بِأَصْبُعِهِ الَّتِي تَلِي الإِبْهَامَ وَوَضَعَ كَفَّهُ الْيُسْرَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُسْرَى وَقَالَ هَكَذَا كَانَ يَفْعَلُ .
Ali ibn Abdurahmon al-Muoviy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Umar meni namozda mayda toshchalar bilan oʻynayotganimni koʻrdi. (Namozdan) qaytgach, meni qaytardi va: «Rasululloh ﷺ qanday qilar boʻlsalar, shunday qil», dedi. Men: «Rasululloh ﷺ qanday qilar edilar?» dedim. U dedi: «U zot namozda oʻtirganlarida, oʻng kaftlarini oʻng sonlari ustiga qoʻyib, barcha barmoqlarini yumar, bosh barmoqqa yondosh barmoqlari bilan ishora qilar va chap kaftlarini chap sonlari ustiga qoʻyar edilar».