وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ يَقُولُ لاَ رَضَاعَةَ إِلاَّ لِمَنْ أُرْضِعَ فِي الصِّغَرِ وَلاَ رَضَاعَةَ لِكَبِيرٍ .
Nofeʼ (rahimahulloh) Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladiki, u: «Emizishdan (hosil boʻladigan mahramlik) faqat kichkinaligida emizilgan kishiga tegishlidir; katta (yoshli)ga emizish (hukmi) yoʻq», der edi.